Poshnali oyoq kiyimlar tarixi











>> YOUR LINK HERE: ___ http://youtube.com/watch?v=5qgyaHRP6Ps

Poshnali poyafzallar tarixi • Poshnali oyoq kiyimlar zamonaviy qizlar shkafidan allaqachon joy olishga ulgurgan. Ammo dastlab ularni qizlar emas, balki harbiy erkaklar kiygan. • Hozir kazarmalarda askarlarning poshnali oyoq kiyimda yurishini tasavvur qilish qiyin. Ammo eramizning IX asrida Fors armiyasida bunday oyoq kiyimni kiyish juda zarur hisoblangan. Ular askarlarga egarda to‘g‘ri o‘tirishga yordam bergan va o‘q uzayotgan paytda yiqilib ketmaslik imkonini bergan. • XVI asrga kelib Forslar Usmonlilar imperiyasi hujumiga qarshi kurashish maqsadida, G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan ittifoqchi izlashni boshlaydi. Fors elchilari va zodagon oilalarning nufuzli vakillari tez-tez Yevropa davlatlariga tashrif buyuradi. Ularning barchasi usta chavandoz bo‘lgani sabab, shunga mos poshnali oyoq kiyimlarni kiyib yurishgan. • Yevropa zodagonlariga esa boshqalar ichida ajralib turish imkonini beruvchi bunday oyoq kiyimlar juda yoqqan. Ayniqsa bo‘yi past aslzodalar poshnali oyoq kiyimlarga katta qiziqish bildirgan. 1643-1715-yillarda hukmronlik qilgan Fransiya qiroli Lyudovik XIV poshnali oyoq kiyimlarni davlat darajasida urfga kiritgan. • XVII asr boshlariga kelib ayollar ham moda masalasida erkaklardan qolib ketishni istashmaydi va poshnali oyoq kiyimlarni kiyishni boshlashadi. O‘sha paytda erkak va ayollarning oyoq kiyimlarida deyarli farq bo‘lmagan. Ammo keyinchalik ayollar orasida baland va ingichka poshnali oyoq kiyimlar urfga aylangan. Erkaklar orasida esa ayollar bilan bir xil oyoq kiyim kiyishni istamaslik kayfiyati kuchayib borgan va XVIII asrga kelib bunday oyoq kiyimlar erkaklar modasidan chiqib ketgan va faqat maxsus ish uchun kiyiladigan bo‘lgan. • Shunday qilib, shafqatsiz fors chavandoz kamonchilari ayollar uchun go‘zallik timsoliga aylangan poshnali oyoq kiyimlarni tarixga olib kirgan. • Telegram kanal: https://t.me/historicaluz • #Poyabzal #Tarix #Oyoq #Kiyimlar #Forslar

#############################












Content Report
Youtor.org / YTube video Downloader © 2025

created by www.youtor.org