Javobgarlikka tortilishi lozim bolgan shaxslar
>> YOUR LINK HERE: ___ http://youtube.com/watch?v=Ha1Ll1Rg5Pc
Javobgarlikka tortilishi lozim bo'lgan shaxslar • 00:04 Jismoniy shaxslarning javobgarligi, • 04:29Aqli rasolik, • 09:15 Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi, • 09:48 Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik. • • Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar • 17-modda. Jismoniy shaxslarning javobgarligi • Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. • Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari (97-moddaning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar. • Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar ushbu Kodeks 97-moddasining birinchi qismi, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari, 173-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 220, 222, 247, 252, 263, 267, 271-moddalari, 277-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar. • Ushbu Kodeksning 122, 123, 1251, 127, 1271, 1281, 144, 146, 193 — 195, 205 — 210, 225, 226, 230 — 232, 234, 235, 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar. • O‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq va ushbu Kodeksning Umumiy qismi oltinchi bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. • 18-modda. Aqli rasolik • Jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. • Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni ruhiy holati surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud ruhiy holati boshqacha tarzda buzilganligi sababli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. • Aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. • 18-1-modda. Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsning javobgarligi • Jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi. • Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin. • 19-modda. Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik • Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi. • #huquq #qonun #hujjat #jinoyat #rasmiy #norma #sharx #huquqUz
#############################
![](http://youtor.org/essay_main.png)